Bog‘bonli masjidi

Ichon-qal’aning janubi-sharqida joylash¬gan bu mahalla masjidi ilmiy adabiyotlarda Bog‘bonli masjidi nomi bilan mashhur.  Masjidning marmar lavhidagi epigrafik yozuvida Pahlavon Quli tomonidan  1809 yilda qurilgani yozilgan.
 Katta bir gumbazli bu masjid ko‘rinishdan XIV-XV asrlar yodgorligini eslatadi, bunga sabab uning ichki bezaklari, ayvonidagi ikkita ustunining o‘yma naqshlari, ularga yozilgan hadislar shu davrga xosligidir. Bu ustunlar balki, masjidning avvalgi binosidan qolgandir. 
1813 yilda   muallifi noma’lum bo‘lgan kishi tomonidan yozilgan “Halvati so‘fiho” qo‘lyozmasida   ushbularni o‘qish mumkin:-“ Va nurnishon Eltuzarxonning ayyomi davlatinda bino topgan Zubayda xonimning masjidlarini Pahlavon Quli bog‘bonli yiqib toshdin gumbaz qilib adog‘a etkurdi”. Demak, avval xom g‘ishtli nigirik (cho‘bkori) usulida qurilgan masjidning nomi Zubaydaxonim bo‘lgan ekan.  
 Masjidning g‘arbiy tomoniga yopishtirib bir qabr qurilgan va u Zubaydaxonimning qabri bo‘lishi kerak.