Matpanaboy madrasasi - “Avesto tarixi“ bo‘limi

“Avesto“ ajdodlarimizning diniy falsafiy qarashlari va tushunchalarini o‘zida mujassam etgan asargina emas, ayni vaqtda u bebaho tarixiy manba sifatida ham qimmatlidir. “Avesto” Markaziy Osiyo, umuman sharq xalqlarining eng qadimgi tarixi, turmush tarzi, urf – odati, ma’naviy madaniyati, ilm fani va boshqa sohalarga doir juda boy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Shu boisdan jahon ilmiy jamoatchiligi uni bebaho tarixiy meros sifatida qadrlamoqda.

Shuni hisobga olib Xalqaro YuNESKO tashkiloti o‘zining 1999 yil noyabr oyda Parijda bo‘lib o‘tgan 30 – sessiyada “Avesto“ ning 2700 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qildi. Yubiley tantanalari 2001 yil oktyabrida “Avesto” vatani O‘zbekistonda, aynan Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Shu yil muzey ham tashkil qilindi. “Avesto“ bo‘limida jami eksponatlar soni 145 ta. Shundan asosiylari 85 ta, yordamchi fondda 60 ta eksponat bor.

Shular ichida eng qiziqarli eksponatlar.

1.            Tuproq Qa’la maketi.

2.            Qo‘yqirilgan Qa’la maketi.

3.            Davla “sosud kosha”

4.            Navro‘z bayrami kartinasi.

Ko‘rgazma jahon dinlaridan biri bo‘lmish zardo‘shtiylik va “Avesto” kitobining jahon madaniyati taraqqiyotidagi rolini ochib beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni Ona Vatanni sevish, tarixni o‘rganish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kelgusida ”Avesto“ bo‘limidagi ko‘rgazmani zamon talablariga mos, tarixiy xolislikka asoslangan qoidalar asosida qayta tashkil qilish va jahon badiiy muzeyshunoslik talablariga javob beradigan ko‘rgazmaga aylantirish muhim vazifalarimizdan biridir.