Muso to‘ra madrasasi
Muso to‘ra madrasasi XIX asrning birinchi yarmida, Ko‘hna Arkning kunchiqarida shahar o‘rtasining  shimoliy qismida Yusuf yasovulboshi madrasasi yonida peshtog‘i janubga qaratib qurilgan. An’anaviy usulda qurilgan madrasa trapetsiyasimon tarhli,   orqa va ikki yon tarzi oddiy, bezaksiz. Bosh tarzdagi peshtoqi Xorazm me’morchiligiga xos sharafali, sirkori koshin bilan qoplangan, g‘ishtlar mavjli shaklda terilgan.   4 burchagida guldastalar bor. Darvozasi yog‘och o‘ymakorligida bezatilgan, orasida yozuvlar saqlangan. Yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, “Oz muddat martabaga erishgan, lekin jangda shahodat topib jannatga ketgan. O‘limidan so‘ng onasi uning xotirasi uchun, ushbu madrasani bino qilgan”.
 Bugungi kunda madrasada yog‘och o‘ymakorligi maktabi faoliyat olib bormoqda.