Olloqulixon karvonsaroyi Tim
XIX asr o‘rtalarida Olloqulixon tomonidan qurilgan me’moriy yodgorlik.   To‘g‘ri to‘rtburchak tarhli,   burchaklariga guldasta — minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shimoliy va janubiy peshtoq orqali kiriladi. Uning keng hovlisi   va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar   bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar   gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Xovliga kiriladigan yo‘lak 2 tomondan peshtoq bilan chegaralangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor. Pastdagi xonalarda yuk saqlangan, yuqoridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan.
Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida o‘ziga xos tomonlar bor.   Hovli o‘rtasi ot – aravaga   mol yuklash uchun qulaylashtirilgan. Tim karvonsaroyga nisbatan keyinroq qurilgan. Karvonsaroyning bosh tarzi tim qurilishida tamoman o‘zgartirilgan.  
Tim ichkarisi gumbazlardagi tuynuklar orqali yoritilgan. Timda savdo rastalari joylashgan.  
.   Olloqulixon    Karvon saroy va Timdan tushadigan daromadni madrasaga qo‘shimcha  vaqf qilib bergan.