Shayx mavlon bobo majmuasi

Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida XIX asrda qurilgan bo‘lib masjid, qabriston va minora majmuasidan iborat. Ushbu erdagi qabristonda Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiyning qabri bor Maqbara 1989-1999 yillarda ta’mirlangan, sahni120 kv metr,balandligi 11-metr. Majmua 1999 yilda Ogohiyning 190, 2010 yilda 200 yillik to‘ylari arafasida ta’mirlangan.

Shermuhammad Munis Xorazimiy (1778-1829yy) iste’dodli shoir, hassos san’atkor, hushhat hattot, mohir tarjimon, tarixchi, olim, jon kuyar ma’rifatparvar va xalqparvar madaniyat arbobi, o‘tkir siyosatdon. U hayotda juda yaxshi «Mirob» undan «Munisul-ushshoq» “Oshiqlar do‘sti” nomli devoni hamda, marifatparvar pedogog sifatida “Savodi ta’lim”asari va «Firdavs-ul-iqbol» nomli asarlar me’ros qolgan, tarjimon sifatida Mirxondning «Ravzat-us-safo» “Sof hovo bog‘i” asarini tarjima qilgan.

Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiy (1879-1874) XIX asr adabiyotining ko‘zga ko‘ringan buyuk vakillaridan biridir. U Munisning jiyani bo‘lib, Munis qo‘lida tarbiyalanilgan. Ogahiy etuk olim va shoir, tarjimon va tarixchi, Munisdan keyin xonlikni mirobi bo‘lgan. Ogahiy jahon adabiyoti, madaniyatining nodir durdonalari sanalgan 20 madan ortiq asarlarni o‘zbek tiliga o‘girib tarjimashunoslik maktabini yaratgan. U “Riyoz ud-davla” (1825-1842yy) 1844 yilda yozilgan. «Zubdat ut-tavorix» (1843-1846yy) 1846 yilda yozilgan, «Jome’-ul voqeoti Sultoniy» (1846-1855yy) asar 1856 yilda yozilgan, “ Gulshani davlat” (1856-1865yy) asar1865 yilda yozilgan, «Shohidi iqbol» (1865-1873yy) voqealarni yozish bilan uzilib qolgan, ayrim sahifalarida suv dog‘lari bor, Qo‘qon qog‘oziga yozilgan, sarlavhalari qizil siyoh bilan yozilgan, qizil charm muqovada, ko‘chiruvchining ismi va yili ko‘rsatilmagan, 227-varaq, 14-25 sm o‘lchamda. Asarda Xorazm tarixi emas, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonlarini Rossiya bilan olib borgan urushlari, bitimlari va uning oqibatlari mukammal ravishda yoritilgan.

Ogahiy tarixga oid asarlar yaratib Munisning bu sohadagi an’analarini ham yanada rivojlantiradi va yuksaklikka ko‘taradi. Munis va Ogahiy hamkorlikda yozgan «Firdavs-ul- iqbol», o‘zining Xorazm tarixiga oid beshta asari faqat o‘zbek xalqining tarixini o‘rganish jixatdan ahamiyatli bo‘lib qolmasdan, balki qardosh tojik, qozoq, turkman, qoraqolpoq, rus, eron, afg‘oniston xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlari, psixologiyasi, shu xalqlarning kelib chiqishi, tirikchilik manbai, kabilarni o‘rganishda ham boy material beradi. Shunisi xarakterliki, bu asarlar iste’dodli shoir, taraqqiyparvar adiblar Munis, Ogahiylar tomonidan yozilganligi sababli ularda xalqlarning tarixi, hayoti, kundalik mashg‘uloti, masjid, madrasalarning qurilishi, turli hil voqea xodisa bayoni, xalq qo‘zg‘olonlari, urushlar tarixi, buyuk kishilar, olimlar, shoirlarning hayoti va faoliyatlari va boshqa ma’lumotlar realistik asosda to‘g‘ri, aniq ifodalab berilgan.

Adib qalamiga mansub 26 asardan hozirgi kunda 4 tasi topilgani yo‘q, uning asarlarining 22 tasidan 16 tasi Beruniy nomidagi Respublika Sharqshunoslik oliygohida 11 nushada saqlanmoqda.