Tolib maxdum madrasasi

1910 yilda bitkazilgan Tolib maxdum xo‘janing bir qavatli, 8 hujrali madrasasi Islom xo‘janing madrasasiga shimol tomonidan yopishtirib qurilgan.  Maxdum (maxzum, xivachasiga maxsum) – xizmat etilgan kishi, ulug‘ zot, martabali ziyoli kishi.
Tolib maxdum Muhammad Rahimxonning yoshlikdan yaqin do‘sti bo‘lib, tanbur chalishni takomiliga etkazgan edi. Uning xon oldida obro‘si katta bo‘lgan.  
Bugungi kunda Tolib maxdum madrasasida    sayyohlarga dam olib, ovqatlanishi uchun oilaviy oshxona-restoran xizmati ko‘rsatilmoqda.