Xivaning yuqoridan ko‘rinishi

Xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Bu shahar xududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga ta’luqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan bo‘lib Davlat muhofazasiga olingan.

Xiva o‘zining qurilishi tarixiy o‘tmishi, me’moriy obidalarining yaxlit tarzda saqlanib qolganligi bilan qadimiy shaharlar orasida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib uning o‘tmishidagi taqdiri me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha Xorazmning tarixiy madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir.

Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YuNESKOning Kanadada bo‘lib o‘tgan 14 sessiyasining maxsus qarori bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “Butun jahon merosi” sifatida ro‘yhatga olingan. 1997 yilda mamlakatimizning ikki azim va buyuk shahri Buxoro va Xivaning 2500 yilik yubileylari YuNESKO rahnomalagida dunyo miqiyosida keng nishonlanishi bu shaharning butun dunyoda e’tirof etilganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning eng ko‘hna muzeylaridan biri bulgan Xiva “Ichan-Qal’a” tarixiy me’moriy Davlat muzey-qo‘rikxonasi 26 ga maydonda joylashgan bo‘lib “Ichan-Qal’a”ning ko‘hna devorlari bilan o‘ralgan.

Muzey – qo‘rikxona xududida 54 ta mangulikka daxldor tarixiy memoriy obidalar 360 xonadon 2600 aholi istiqomat qiladi.

Muzey–qo‘riqxonaning 69 ta zalida joylashgan 14 mustaqil ekspozitsiya Xorazm va Xiva tarixini ma’lum bir davrlarini aks ettirib uning jahon madaniyatiga qo‘shgan xissasini ochib beradi.