Ichon-qal’a deb ataluvchi ko‘hna qal’a eramizdan avvalgi VI-V asrlarda qurilgan. Qal’a devorining uzunligi 2200 metr, umumiy ichki maydoni 26 gektar, ya’ni, sharqdan g‘arbga 450, shimoldan janubga 600 metrni tashkil etadi. Shahardagi ikkala qal’a devori ham xom loydan va ayrim joylari xom g‘ishtdan 8-10 metr balandlikda qurilgan bo‘lib, ustida soqchilar, himoyachilar va arava yurishi uchun yo‘lak, tepa qismidan o‘q otish uchun maxsus teshik – shinaklar qo‘yilgan. Devorning asosi 10-15 metrdan 20 metrgacha, tepasi 4-5 metr qalinlikda qurilgan.
Qadimda qal’a devorining ichkari va tashqari tomonidan qabrlar qo‘yilib, mozoristonga aylantirilgan. Janubiy - Tosh darvozaning g‘arb tomonidan boshlab, shimoliy - Bog‘cha darvozagacha qal’a devorining tashqari tomonida, ichkaridan esa faqat janubiy tomondagina qabrlar bo‘lgan, ularning aksariyati bugungi kungacha saqlanmagan. Faqat oz qismi ta’mirlanib, tarixiy obida sifatida saqlangan.
Bu qabrlarning qal’a devorida qo‘yilishi otashparastlik davridan qolgan. Ma’lum-ki, otashparastlar o‘z yaqinining suyagini uyidan uzoqlashtirmagan. Suyaklarni ostadonlarga joylab uyining devori ichiga qo‘yishgan.
Shahardagi har bir qal’a devorining va darvozalarning o‘z tarixi, rivoyat va afsonalari ham bor. Darvozaning ichkarisida soqchilar uchun maxsus xonalar mavjud bo‘lib, ular mustahkam qilib bitkazilgan. Ko‘hna shahar darvozalari oldida va ichkarisida savdo rastalari, chorsular joylashgan. Darvozalar kechalari yopilib, ertalab saharda ochilgan.
Wall of City