Arab Muhammadxon madrasasi Muhammad Rahimxon ikkinchi – Feruz madrasasining orqasida joylashgan bo‘lib, Xiva shahri xonlik poytaxtiga aylantirilgandan keyin qurilgan birinchi madrasadir. 1616 yilda bitkazilgan bu madrasa cho‘bin madrasa deb ham atalgan. Ya’ni devori yog‘ochdan qilinib, ichiga xom g‘ishtlar terilib, somon suvoq qilingan. Xivaliklar tilida bu usulda uy-joy qurishni “Nigirik” (karkas) uy deb ataladi. Madrasa XIX asr Olloqulixon davriga kelganda eskirib, ta’mirtalab bo‘lgach, Olloqulixon ularni qaytadan pishgan g‘ishtdan ikki qavatli qilib qurdirgan. Arab Muhammadxon 1602-1621 yillardagi Xiva xoni.
Madrasada Xiva “Ichon-Qal’a” Davlat muzey-qo‘riqxonasining Fondi, ya’ni Zahira xonasi joylashgan.
Arab Muhammadxon madrasasi