BIRINCHI PREZIDENTIMIZ XOTIRASIGA EHTIROM

 Butun mamlakatimizda bo‘lgani  kabi  bugun 30 - yanvar kuni Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi  birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich  Karimov xotirasiga bag‘ishlangan  tadbir bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda  so‘zga chiqqanlar  Islom Karimovning  vatanimiz mustaqilligi, daxlsizligi, gullab-yashnashi va xalq farovonligi yo‘lida qilgan ulkan   xizmatlarini alohida tilga oldilar, xotirasiga hurmat hamda ehtiromini izhor etdilar.
   Ishtirokchilarga Islom  Karimov hayoti va faoliyati haqida hikoya BB qiluvchi videofilm namoyish etildi.