Shahar devorining olamning to‘rt tomoniga qarata qurilgan to‘rtta darvozasi bor.
Shimoliy darvoza oldida xonning bog‘chasi va bog‘cha hovuzi bo‘lgani uchun Bog‘cha darvoza, Urganchga shu darvozadan chiqilgani uchun Urganch darvoza nomlari bilan atalgan. Darvoza XVIII asr oxirida qurilgan va XIX o‘rtalarida Rahimqulixon tomonidan ta’mirlangan. Darvoza ichki tuzilishi shimoldan janubga cho‘zilgan ko‘p xonali imorat bo‘lib, shahar himoyasi vazifasini bajargan. Darvoza kechalari berkitib qo‘yilgan. Darvozani qadimda o‘nga yaqin mirshablar qo‘riqlashgan va ularning maoshi to‘rt tilladan o‘n tillagacha bo‘lgan.
Bog‘cha darvozaning ichki qismi ikkita katta gumbaz va o‘rta yo‘lak chekkalaridagi to‘rtta xonasi kichik gumbazlar bilan bostirilgan. Bu xonalar qadimda bojxona, qorovulxona vazifalarini bajargan.
Bugungi kunda darvoza ichida do‘kon va sartaroshxona ishlab turibdi
Bog‘cha darvoza