Xiva “Ichan-Qal’a” muzey qo‘riqxonasi “Xiva xonligi tarixi” bo‘limida O‘zbekistonda birinchi fotograf va kino san’atiga asos solgan Xudaybergan Devanovning ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada XIX – XX asrlardagi oxirgi uchta xonlarning suratlari va usha davrdagi xalq sayllari, navro‘z bayramlari va tarixiy obidalar aks etgan.
Xorazm madaniyati va san’atining yirik namoyondalari safiga 1903 yildan boshlab yana bir ajoyib siymo ulkan san’atkor (ya’ni foto kino san’atkori) Xudaybergan Devanov ham qo‘shildi. Markaziy Osiyoda fotografiya san’atining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi uning nomi bilan bog‘likdir. Xudaybergan xon kotibi Nurmuhammad devon oilasida 1879 yilda dunyoga kelgan. U olti-etti yoshlaridayoq ilm-fanga, san’atga mehr qo‘ydi. U eski maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq, uyda mustaqil shug‘ullanib, arab va fors tillarini mukammal o‘rganadi. Iste’dodli yigit 14-15 yoshlaridayoq rus tilida yozib, o‘qib bilardi, o‘sha vaqtda Xorazmda yashayotgan nemislardan nemis tilini o‘rganadi. XIX asr oxirlarida Volga daryosi bo‘yida yashovchi nemislar, taxminan 200 ta, Xiva yaqinidagi Oq masjid qishlog‘ida, ya’ni Otojon to‘rani yonlarida taqdir taqozasiga ko‘ra yashashardi. Har bir yangilikka zo‘r qiziqish bilan qarovchi Xudaybergan, Penner degan bir nemis hunarmand bilan tanishib, uning ishlariga qiziqib qoladi. Bu hunarmandni Xivaliklar Panorbuva deb atashardi. Panorbuvadan yosh Xudaybergan fotoapparat sirlarini o‘rganadi.
Yosh Xudaybergan 1903 yildan boshlab mustaqil ravishda Xiva shahrining ko‘k o‘par minoralarini va madrasalarini, zamondoshlarini suratga ola boshlaydi, lekin maxalliy ruhoniylar jumladan, Xivaning Qozi Kaloni Salim Ohun, Mufti va bir qancha eskilik tarafdorlari Muhammad Rahimxon II ga Xudayberganni yomonlashadi. Yangilik tarafdori, qiziquvchan xon Xudayberganni yoniga chorlaydi va qani meni ham suratga tushirib qo‘ychi deydi. Sur’at xonga ma’qul bo‘ladi, uni ruhoniylardan himoya qiladi va zarbxonaga ishga taklif qiladi, Xudaybergan Devanov xon zarbxonasida muxrkan usta bo‘lib ishlaydi. 1907 yil oxirlarida vazir Islom Xo‘ja boshliq bir gurux kishilar Oq podsho xuzuriga Peterburg safariga otlanishadi, ular ulkan rus shahrida bo‘ladigan tantana xotiralarni fotosur’atlarda aks ettirib olish uchun sur’atkash Xudayberganni ham safarga taklif qiladilar. Xudaybergan Devanov Peterburgda endigina paydo bo‘layotgan foto-kino san’ati bilan qiziqib uning sirlarini o‘rganish uchun Peterburgda Islom Xo‘jani ruhsati bilan qolib ketadi. Yigirma to‘qqiz bahorni ko‘rgan, yangilikka tashna Xorazm yigiti uchun Rossiya poytaxtiga qilingan safar katta ahamiyat kasb etdi. U bu shaharda ikki oy turib, fotografiya va kino san’atiga doir ko‘p narsalarni o‘rganib oladi. U Peterburgdan Xorazmga «Pate» kinoapparati, grammafon va fotoapparatlar olib qaytadi. Xudaybergan Devanov o‘z yurtidagi dehqonchilik ishlari, tabiat manzaralari hamda shaharning diqqatga sazovor joylarini kinolentaga tushirib, shaharliklarga namoyish eta boshlaydi. Xa, bu o‘zbek kinomatografiyasini yaratish bobidagi birinchi qutlug‘ qadam edi. Xorazm hukumati X.Devonovning ma’rifatparvarlik soxasidagi xizmatlarini yuksak baholab 1924 yili Xorazm Markaziy Ijroiya Komiteti uni «Mexnat ordeni» bilan mukofotladi.1925 yilda tashkil etilgan «O‘zbek kino studiyasi» birinchi milliy kinooperatori X.Devonovni ishga taklif etdi, «Sovkino», butun Ittifok foto kinomatografiya jamiyati esa uni o‘zining maxsus muhbiri qilib tanladi, birinchi o‘zbek kinooperati o‘zbek xalqi hayotini aks ettiruvchi kinolentalarni tez-tez Moskvaga jo‘natib turishi, Moskvadan esa o‘z navbatida hamkasb do‘stlar unga kinoplyonkalar yuborib turishi va maslaxatlar berishlari xujjatlarda aks ettirilgan. Shu davrda Toshkentda X. Devonov tashabbusi bilan Chilonzor dahasida mo‘jazgina «Xiva» nomli kinoteatr tashkil qilingan.
1928 yili esa X.Devonov ijodiy faoliyatining 25 yilligi va tug‘ilgan kuni 50 yilligi keng nishonlandi. 1936 yil X.Devonovga bir umrlik pensiya tayinlandi, u pensiyada bo‘lishiga qaramay, o‘z sevgan kasbini tark etmas, yoshlarga boy tajribasini o‘rgatardi. Buyuk san’atkor Madrahim Yoqubov «Sheroziy» o‘z xotiralarida X. Devonov to‘g‘risida iliq gaplarni aytgan -«Ustod mohir foto-kino operatori bo‘libgina qolmay, mohir ovchi va baliqchi, gullarni sevuvchi tabiat shaydosi xam edi; Uning Xivadagi uyi bog‘i ichida har joylardan keltirilgan 100 dan ortiq gul navlari bor edi, ustod shu gullar ichida sur’atga tushirishni va madaniy xordiq chiqarishni sevardi». 1936 yilda «Yosh Xivaliklar» partiyasi a’zolari Polyazxoji Yusupov, Nazar Sholikarov, Mulla Bekchan Raxmanov, Bobojon Otajanov va Xudaybergan Devonov va boshqa O‘zbekistonlik inkilobchilar Akmal Ikramov, Fayzulla Xujaev dumi, davlatga karshi kishilar – xalq dushmani kabi ayblovlar bilan qamoqqa olingan va 1940 yilda Toshkentda Zanggiota tumani xududida joylashgan qamoqxonada otilgan.
Ularning xammasi 1958 yilda rasman oqlangan. Xulosa qilib aytganda Xudaybergan Devonov Xorazmning Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Az-Zamaxshariy, shoir Xorazmiy, Munis, Ogahiy, Feruz, Bayoniy, Avaz O‘tar, birinchi o‘zbek matbaachisi Otajon Abdolov kabi yirik siymolari safidan munosib o‘rin olgan.
Tashpulatova.D. Xiva Ichon-Kal’a muzey kurikxonasi ilmiy xodimi.
Fotosuratlar ko‘rgazmasiga marxamat