G‘azal mulkining sultoni

Istiqlol sharofati, davlatimiz va fidoyi xalqimiz sa’y – harakati tufayli ma’naviy merosimiz, jumladan, ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiyning faoliyati hamda ijodini o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Navoiy dahosiga yuksak baho berib, shunday degan edilar: “Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan – kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz”.

O‘zbek xalqining fidokor farzandi mutafakkir shoir Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodi  faqat  o‘zbek  adabiyotidagina  emas, balki jaxon adabiyotida xam salmoqli  o‘ringa ega.

Navoiy va uning asarlariga  bo‘lgan xavas, o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan  intilish uzoq tarixga ega. Alisher Navoiy 577 – yilligi  Resublikamiz  miqiyosida keng nishonlanmoqda shu qatori  bizning “Ichan- Qa’la “muzey qo‘riqxonasida  muzey ilmiy xodimlari  xamda Xalq ta’limi  xodimlari bilan birgalikda  tadbirlar o‘tkazmoqdalar.

Shulardan biri Ichan Qal’a muzey qo‘riqxonasining muzey kutubxonasida Xiva shahridagi 6-son maktab o‘quvchilari bilan birgalikda  “G‘AZAL  MULKINING SULTONI” mavzusida g‘azalxonlik kechasi o‘tkazildi. Kechada muzey ilmiy xodimlari Meylieva Zumrad, Meylieva Shahlo, Abdullaeva Zaynab, Toshpo‘latova Dilfuza va kutubxonachi Saidova Muyassarlar ishtirok etib o‘zlarining Navoiy asarlari va g‘azallari xaqida  o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar. O‘quvchilar  o‘zlari yod olgan Navoiy bobomizni g‘azallarini ifodali qilib o‘qib berdilar. Adabiyot fani o‘qituvchisi Masharipova Adolatning o‘quvchilarga adabiyotga, kitob mutolasiga qiziqtirishi shuda yaxshi ekanligi o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi kitobga bo‘lgan xavaslari xammamizni quvontirdi. Alisher Navoiy bobomiz  kitob to‘g‘risida shunday  degan edilar ”Kitob – pul to‘lanmaydigan  va minnatdorchilik bildirmaydigan o‘qituvchidir. Xar soniya u senga donolikni o‘rgatadi. U sirli ishlar  to‘g‘risida sukut bilan xabar  beruvchi charmga qoplangan miyali suhbatdoshdir”. Tadbirda faol ishtiroq etgan o‘quvchilarga muzey ma’muriyati tomonidan  faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.