Xorazmda gilamdo‘zlik to‘qimachilikning ko‘p yillardan mavjud bo‘lgan eng asosiy sohalaridan biri hisoblandi. O‘lkamizdagi arxeologik topilmalar natijasida mil. avv. I ming yillikka mansub gilamlar topilganligi tasdiqlandi.
Gilamlar asosan o‘simlik (paxta, zig‘ir, jut) tolasi va jundan (qo‘y, tuya) va ipakdan tayyorlangan. Gilam to‘qima, tikma va bosma usullarda tayyorlanadi. Gilam to‘qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taralib, undan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo‘yoqlarga bo‘yalgan. Bo‘yoqlar o‘simliklardan tayyorlangan. Shuning uchun gilamlar rangi o‘zgarmaydi va o‘zining sifatini yo‘qotmaydi.
Dastlab gilamlar qo‘lda, keyinchalik maxsus dastgohlarda to‘qilgan. To‘qish uslubiga ko‘ra patli va patsiz turlarga bo‘linadi.
Qo‘lda gilam to‘qish ancha sermashaqqat ish. 1 kv.m patli gilam to‘qish uchun 20-25 kun vaqt ketadi. Patli gilamlar kalta patli (3-7mm) va uzun patli (8-17mm) bo‘ladi.
Gilam to‘quvchi 1 kv.m yuzada 600-1030 tacha bog‘ bog‘lashi lozim bo‘ladi.
Gilamlar hajmi jihatdan uch xil bo‘ladi: kichik (3 kv.m gacha), o‘rtacha (3 kv.m dan 6 kv.m gacha) va katta (6 kv.m dan katta).
“Ichonqal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan Yoqubboy xo‘ja madrasasida eski uslubda ipak gilam to‘qish ustaxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Suratda shu jarayon tasvirlangan.
Gilamdo‘zlik