Хар хафта махорат дарслари мунтазам равишда утказилаяпти.
"Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 261-sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 20 avgust kuni Xorazm аmaliy san'ati muzeyi ilmiy xodimlari Sh. Mayliyeva va M. Boltayevalar tomonidan Yoqubboy xo'ja madrasasida Gilamchilik mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsiga tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlarga ilmiy xodimlar gilamchilik to'g'risida ma'lumotlar berishdi, mohir to'quvchilar B. Qutliyeva, Z. Matchonovalar o'z san'atini namoyish qilishdi. Gilam to'qish istagi bo'lgan sayyohlar to'quv dastgohiga joylashib gilam to'qishga kirishdilar va bu jarayon murakkab ekanligini ta'kidlashdi. Bo'lim mudiri Z. Bekchanova boshchiligida tashrif buyurgan turli soha vakillaridan iborat bir guruh Namanganlik sayyohlar Xiva va mahorat darsi haqida juda iliq fikrlarni bildirishdi. Ayniqsa, Rossiyalik mehmonlarning uzbek milliy liboslarida kirib kelishi barchada katta taassurot qoldirdi.