Amir to‘ra madrasasi qarshisidagi ushbu masjid turar joy binolariga xos kichik, murabba tarhli, bir ustunli ayvon, ikki ustunli xonaqoh va shimoldan unga tutash qo‘shimcha xonalardan iborat, shimoli – sharqiy burchagiga minora ishlangan. Bezaklari oddiy. Bino tarzlari g‘ishtlardan terilgan, bezaksiz, bino ichi va tekis shifti qizil, qora, moviy va oq ranglarda naqshlangan.
Qushbegi – Xonlik davrida ikkinchi vazir lavozimi. U xonlik moliya mablag‘ining ikkinchi yarmiga hokimlik qiladi. U ichki va tashqi ishlar, rasmiy marosimlar, sovg‘a-salom va in’omlarni o‘z zimmasiga oladi. Hasan Murod qushbegi 1865 vafot qilgan.
Hasan Murod qushbegi masjidi