Ichan-qal’a dunyodagi ziyorat qilinishi zarur bo‘lgan eng ajoyib qal’alar o‘ntaligidan joy oldi
Xivaning ochiq osmon ostidagi muzeyi – Ichan-qal’a Novate.ru sayti talqiniga ko‘ra ziyorat qilish kerak bo‘lgan dunyodagi eng ajoyib qal’alar ro‘yxatiga kirdi.
Dunyo bo‘ylab bu ro‘yxatdan bor-yo‘g‘i 14 qal’a o‘rin egalladi. Ichan-qal’a reytingda 8-o‘rinda joylashgan. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Xorvatiyadagi Dubrovnik qal’asi, ikkinchi o‘rinni esa Ispaniyaning Avila qal’asi zabt etdi. Uchlikni frantsuzlarning Karkason qal’asi yopib berdi.
Bugungi kunda Ichan-Qal’a davlat tarixiy-arxeologik muzey-qo‘riqxonasiga aylantirilgan. 26 ga hududda sharqona shaharning ekzotik timsoli saqlanib qolgan. Bu erda 300ga yaqin oila ite’qomat qiladi va ular asosan hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.
«Dunyo bo‘ylab ko‘plab ajoyib maskanlar bor. Shunday erlar qatoriga istalgan shahar-qalьani kiritish mumkin. Bunday qadamjolarni tarixga yaqinlashish va uning betakror ko‘lamini his etish uchun ko‘proq ziyorat qilish zarur. Oxir-oqibat olamdagi oz qolgan maskanlar sayohatdan ko‘ra yaxshiroq reja bo‘lib qolaveradi», – deya qayd etadi nashr mualliflari.

Kun.uz ma’lumot saytidan olindi.