Intervyu


Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi  bo‘lim mudirlari , ilmiy xodimlari tomonidan  ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho boylik --   moddiy va  nomoddiy  merosni  asrash, o‘rganish barobarida tariximizni  keng targ‘ib qilish ishlari ham  ommaviy axborot vositalari  hamda  radio va telejurnalistlar hamkorligida  izchil davom ettirilmoqda. 
     Muzey-qo‘riqxona ilmiy xodimi Ra’no  Isroilovaning  “Xorazm TV” ijodkorlari tomonidan yozib olingan navbatdagi suhbati ham  me’moriy yodgorliklar tarixi, muzey-qo‘riqxona faoliyati va sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida  bo‘ldi.