INTERVYU

Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasining  “Qadimgi Xorazm” bo‘limida eng qadimgi davrlardan  ma’lumot beruvchi  nodir osori-atiqalar o‘rin olgan. Bo‘limdagi eksponatlar bilan tanishgan kishi uzoq o‘tmishga sayr qilganday bo‘ladi.
      “Xorazm  TV” telekanali ijodkorlari tomonidan bo‘lim faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorlanib, “Assalom Xorazm” dasturinig bugun –  27 fevral kungi   sonida namoyish etildi.
      Muzey-qo‘riqxona xodimi  Rayhon Toirova ko‘rsatuv davomida bo‘limdagi eksponatlar , ularning  ahamiyati haqida hikoya qildi.
       Muzey-qo‘riqxona
       matbuot xizmati.