Islom xo‘ja madrasasi - «Xorazm amaliy san’ati» bo‘limi
Xorazm Amaliy sanati ko‘rgazmasi Ichan - Kaladagi 1908 – 1910 yillarda vaziri akbar Islom Xo‘ja tomonidan qurdirilgan madrasada joylashgan. Ko‘rgazmada Xorazm amaliy san’atiga doir 387 eksponat joylashgan. Bo‘limda «Yogoch o‘ymakorligi», «Mis o‘ymakorligi», «Zargarlik san’atiga» bag‘ishlangan to‘plovlar katta o‘rin tutadi. Yogoch o‘ymakorlari ota Polvanov, Abdulla Boltaev, Sapo Bog‘ibekovlarning ishlari namoyish qilinadi.
Ko‘rgazma 1983 yilda ochilib 1991 yil va 2014 yillarda reekspozitsiya qilingan. Hozirda ko‘rgazmada XIV – XXI asrlarga oid bebaho sanьat durdonalaridan yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik, gilamchilik, mis o‘ymakorligi, zargarlik sanьati buyumlar to‘plamlarini 400 dan ziyod namunalari namoyishga qo‘yilgan.
Eksponatlar bir-biridan qiziqarli bo‘lib yog‘och o‘ymakorligiga oid arab yozuvli naqshindor qo‘sh tavaqali eshik o‘zining jozibasi bilan har bir mehmonni o‘ziga jalb qiladi. Ushbu eksponat Germaniyadagi ko‘rgazmada muvaffaqiyatli qatnashgan.
Bo‘lim ilmiy xodimlari tomonidan ekspozitsiyaning yangi ekskursiya matni o‘zbek va rus tillarida tayyorlandi. Gilamchilik, naqqoshlik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Har bir eksponatga ilmiy pasport yozish, arab yozuvi eksponatlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, har bir to‘plam bo‘yicha ko‘rgazmadagi eksponatlarga sharh berish va elektron versiyasini ishlab chiqish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.

Umumiy foydali maydoni 420 kv.m.
Madrasaning qurilishi sanasi 1908-10y.