"Islomxuja" film premerasi - Xivada

«O‘zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissyor Jahongir Ahmedov «Islomxo‘ja» deb nomlangan tarixiy badiiy-publitsistik janrdagi filmni suratga olish ishlarini yakunladi. Usbu filmning premerasi bugun Xiva “Ichon-Qal’a” muzey qoroqxonasida otkaziladi.

Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov, Asal Shodiyeva ijro etgan.

Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘janing hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi filmda uning sirli o‘limi tafsilotlarini o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqodchi-tarixchi olim oradan bir asr o‘tganiga qaramay, mavjud hujjatlarga asoslanib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qiladi.

Manba: facebook.com/uzbekkino.uz