Xorazm azal-azaldan ilmu – ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan. O‘tgan asrning boshlarida Xiva shaxrinig uzida 70 tadan ziyod madrasalar faoliyat yuritgan va shulardan 29 tasi Ichon-Qal’a qismida joylashgan. Uzoq o‘tmishda bu diyordan Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamxshariy, Paxlavon Maxmud singari jaxonga taniqli olimlar etishib chiqqan.
Ushbu ilm maskanlaridan mashxurlari bu - Sherg‘ozixon madrasasi bulib u Pahlavon Mahmud maqbarasining ro‘parasida qad roslagan. (1717-1726) Madrasa faqat oldi tomondan mahobatli ko‘rinishi uchun ikki qavatli qilib qurilgan. U naqshlar bilan bezatilmagan bo‘lsada, shu ko‘rinishi bilan ham ulkan va salobatlidir. Madrasa 60 ta hujra yozgi va qishgi masjid, ichki hovli va darsxonalardan iborat. Madrasaning peshtoklariga beshta marmar toshga she’riy tarix lavhalar fors tilida yozilgan bo‘lib, ulardan to‘rttasi saqlanib qolgan, unda shu madrasaga vaqf qilingan erlar va mulklar ro‘yxati keltirilgan.
Sherg‘ozixon madrasasi Xivada eng obro‘li – e’tiborli madrasalardan biri bo‘lib, «Maskani fozilon» – olimlar uyi deb nom olgan. Madrasada nafakat Xorazmlik balki butun O‘rta Osiydan talabalar kelib o‘qishgan. Bu maskanda turkman shoiri Maxtumquli (1750 - 1755), Nuri Kozim, Qoraqalpoq shoiri Ajiniyaz Qo‘siboy o‘g‘li (1840 – 1844), Kozoqistonli buyuk alloma Beket Ota (1850-1813) va boshqa bir qancha olimlar tahsil olgan. Madrasada turkman talabalari ko‘p bo‘lganligi sababli aloxida turkman gruppasi ham tashkil kilingan.
Bugun ushbu madrasa kayta ta’mirlanib – uni tantanali ochilishiga - O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikasi Prezidentlari - Shavkat Mirziyaev va Gurbanguli Berdumuxammedovlar tashrif buyurishdi.
Maskani fozilon – donishmadlar uyi demak