Xorazmning o‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida shaharlarning ko‘chish voqeasi Xorazm tarixida ko‘p uchraydi.
Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qo‘rg‘on hovlilardir. Qo‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hududidagi to‘xtovsiz bo‘lib turgan o‘zaro urushlar qo‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam va xonalarining keng bo‘lishini talab qilardi. Qo‘rg‘onda oilaning butun ro‘zg‘ori, mollari, oziq-ovqat va suv saqlanadigan joylari bo‘lgan. Qo‘rg‘on teshik-tuynuksiz paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devorning burchaklari g‘o‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qo‘rg‘on sharhi (plani) to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, asosan ko‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bo‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun yo‘lak tepasidagi tuynuklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qo‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik jamoani muhofaza qilardi.
Mustahkam qo‘rg‘onlar ko‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga katta mulk egalarini ko‘shk qo‘rg‘onlari o‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qo‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan cho‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bo‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham cho‘pkori imoratlar qurish qulay bo‘lgan. Cho‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bo‘lib qoldi. Afsuski, cho‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoq saqlanmagan.
Xiva uylarining o‘ziga xos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini bir qavatli cho‘pkori devor tashkil etib, sinchlar orasiga xom g‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishki xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida asrlar davomida imorat tarhini tuzish zaruriy unsur bo‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining ta’siri katta bo‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bo‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi ko‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan.
Xivaning ichki qal’asida joy tansiqligi sababli hovlilarning fasadlari deyarli hammasi juda tordir. Ayvon hovli sahnini yuqoridan deyarli to‘sib turadi va hovli ham qisman ayvon vazifasini o‘taydi. Hovlida shamol yaxshiroq yurishi uchun ayvonni baland qilib qurganlar. Bu esa shamolning pastdan yuqoriga almashib turishi va ichkarini harir nur bilan yoritilishiga yordam beradi. Ayvon qishda xonaning juda sovuq bo‘lishidan, yozda esa juda isib ketishidan saqlagan. Shuning uchun meьmorlar xonaning hovli iqlim sharoiti bilan yaqinligini saqlash, uyg‘unlashuv jihatidan rang-barang manzarasi bilan bog‘lanishiga alohida e’tibor berishgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ayvon qo‘l kelgan. U xona bilan tashqi muhitni bog‘lovchi qism vazifasini o‘tagan.
Ayvon o‘rta asrlarda va undan keyingi davrda ham uylarda keng qo‘llanilgan. Turar joy me’morchiligida ayvon ikki, to‘rt xona oralig‘ida uyning old qismini butunlay egallagan holda (pesh ayvon) qurilgan. U imoratning old yoki yon tomonlarida galereya (yo‘lak) sifatida, devor sathidan bo‘rtib chiqqan bolaxonaga monand, ikkinchi qavatning ochiq qismini egallagan shiypon sifatida va alohida to‘rt, uch tomoni ochiq boshpana sifatida ham bunyod qilingan.
Ayvonning turar joy me’morchiligida qo‘llanilishi o‘sha joyning iqlim sharoiti va xonalarning joylashuv tartibidan kelib chiqqan. Masalan, Xivada iqlim sharoitining o‘zgachaligi, yozda havoning nisbatan issiqligi sababli ayvon xona va hovli havosini yangilab turishga mo‘ljallangan. Bu erdagi ayvonlar ikki xil tuzilishga ega. Ulli (Ulug‘) ayvon xonaning old qismini egallagan va undan ancha baland ko‘tarilgan. Uning qarshisida teskari kichikroq ayvon o‘rnatilgan. Ulli ayvon bitta markaziy ustunga egaligi jihatidan minoraga monanddir. U shamol esadigan tomonga qaratilgan bo‘lib, shamolni hovliga yo‘naltirgan. Aslida ikkala ayvon ham hovlini tom bilan yopgandek tuyuladi. Ayvon o‘z vazifasidan tashqari imoratning umumiy kompozitsiyasini badiiylashtirgan va uning me’moriy yechimini boyitgan. Masalan, Xivadagi Toshhovli saroyida ulli ayvon chuqur hamda minora tuzilishida bo‘lib, uning markazidagi ustun o‘ymakorlik usulida naqsh-u nigor bilan bezatilgan. Bu butun hovli kompozitsiyasiga badiiylik kasb etgan.
Xorazm shahar turar joylarida yetakchi uslub bu hovlida uzun ayvon qurilishi bilan belgilanadi. Bu hol qishloq hovlilari uchun xam xosdir. Hovliga kirish yo‘lagi ustiga ba’zan mehmonxona qurilgan, bu erda uy egasi bo‘lgan hunarmand buyurtmachilarni qabul qilgan. Turar joy yorug‘lik tushishi hisobga olinib qatьiy ravishda belgilanadi, qishki yashash xonalari janub sharq tomonlarga, yozgi xonalar esa shimol tomonga joylashtiriladi.
Ayvonlar turar-joy binolarining ichki muhitiga shinamlik bag‘ishlabgina qolmay balki tashqi kompozitsion ko‘rinishiga ham o‘ziga xos ko‘rinish baxsh etadi.
Xiva uy-joylari uchun xarakterli bo‘lgan umumiylik shundan iboratki, binoning tuzilishi ham, bezagi ham juda sodda. Xona va ayvon devorlari bezaksiz somonli loy suvoqdan, uyning shifti toqi (vassa, patik) va yarim lo‘la to‘siqlardan iborat. Binodagi birdan bir bezak katta ayvonning o‘ymakor yog‘och ustunidir. Bundan tashqari o‘ymakor eshiklar, panjaralar va ba’zi ko‘tarma ayvonlar ham xonadonga zeb-ziynat bag‘ishlaydi.
Me'morchilik