Mirziyoyev Xivani Turkiy kengashning poytaxtiga aylantirish taklifi bilan chiqdi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida qadimiy Xivani tashkilot poytaxtiga aylantirish taklifini berdi. Bu haqda «Kabar» agentligi xabar qilmoqda.
Shuningdek, Cho'lpon otadagi sammitda chiqish qilib, O'zbekiston ushbu tashkilotga to'liq a`zo sifatida kirishga tayyorligini bildirdi. Uning ta`kidlashicha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ishi ishtirokchi davlatlar nufuzini oshirishga yordam beradi va dolzarb muammolarni hal etish uchun sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, Mirziyoyev hamkasblarini investitsiyalar, savdo-iqtisodiy, ta`lim, sayyohlik va tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi.
Kun.uz saytidan olingan ma'lumot. https://kun.uz/uz/news/2018/09/03/mirzieev-hivani-turkij-kengasning-pojtahtiga-ajlantiris-taklifi-bilan-cikdi