Xivadagi minoralarning eng mashhurlaridan biri - nihoyasiga etkazilmagan Kalta minor (Ko‘k minora yoki chala qolgan minor nomlari bilan ham aytiladi). Minora 1853 yilda Muxammad Aminxon tomonidan (shu nomli madrasa yonida) qurila boshlagan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan. Xalq ichida bu borada har xil rivoyat va afsonalar tarqalgan.
Emishki, Xiva xoni shaharda ulkan va baland minora qurilishini buyuradi “Uning tepasidan Buxoroi azim kurinib tursin” deb buyuradi. Bundan xabar topgan Buxoro amiri minora ustasi bilan kelishib, xuddi shunga o‘xshagan minorani Buxoroda ham qurishni reja qilishadi, evaziga ko‘p tilla beraman deb va’da qiladi. Bundan xabar topgan Xiva xoni minora bitkandan keyin ustani minoradan tashlashni buyuradi. Xon bunday minorani boshqa joyda takrorlanishini istamaydi. Buni bilib qolgan pastda ishlab yurgan ustalar yuqoriga katta ustaga xabar qilishadi, u bo‘lsa o‘ziga kerakli anjomlarni topishni aytib, o‘ziga qanot yasab uchib ketgan yoki arqonda osilib tushib ketgan, degan rivoyat va afsonalar mavjud.
Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida. Hozirning o‘zida ham haybatli ko‘rinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab, bitkanida 100 metrga yaqin bo‘lib, dunyodagi eng katta va baland minora bo‘lishi mumkin edi. Hozirda eng baland minora Dehlidagi Qutb minorasi hisoblanadi, balandligi 72,5 metr, diametri 15,5 metr tepasidagi diametri esa 2,5 metr.
Muhammad Aminxon minorasining pastdagi diametri – 14,5 metr, balandligi – 29 metr, fundament chuqurligi – 15 metr.
Muhammad Aminxon minorasi