Muhammad Niyoz devonbegi madrasasi

1871 yilda   Muhammad Niyoz devonbegi tomonidan qurilgan bu madrasa   Muhammad Aminxon madrasasi yonida joylashgan bo‘lib, asosiy kirish eshigi g‘arb tomonga qaragan.   Madrasa bir qavatli bo‘lib unda 21 ta hujra, darsxona va kutubxona mavjud.   
Devonbegi “atrofdagi elatlardan, savdogarlardan bojxona va zakot pullarini qabul qilish bilan shug‘ullanadi”. Xon saroyidagi devonxonada to‘rtta devon (mirzo) ishlagan, ularning biri devonbegi bo‘lib, mamlakat daromad-buromadlarini boshqarib, xon saroyi ehtiyoji, harbiy xarajatlar uchun sarflagan. U er-suvni boshqarar, bog‘lardan kelgan daromadni hisoblar, qazuvni tashkil etardi. Xon va katta amaldorlarning o‘z devonbegilari bo‘lgan. Devonbegilarning har bir shaharda o‘rinbosarlari bo‘lib, ular boj-xirojni to‘plashga majbur edilar. Devonxonaning asosiy ishi barcha qilingan ishlarni daftarga qayd qilish edi. 
Madrasaning bosh   eshigi  ustidagi marmar taxtada Ogahiyning bino tarixi haqidagi she’riy tarixi yozilgan. 
Madrasa bugungi kunda sayyohlar uchun oshxona-restoran vazifasini o‘tamoqda