Ko‘hna ark darvozasi qarshisidagi madrasa Sayyid Muhammad Rahimxon II ning farmoniga binoan 1871-1872 yillarda qurilgan. Madrasa o‘zining kengligi, serviqorligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasada yozgi va qishgi masjid, darsxona, kitobxona va hujralar bor. Madrasaning hovlisi 76 ta bir qavatli hujra bilan o‘ralgan bo‘lib 152 talabaga mo‘ljallangan.
Hujralar tomi tashqi tomondan to‘siq devor (parapet) bilan chegaralangan va ikki qavatli bosh fasadga kelib tutashadi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli galereya bor. Darvozaxona atrofidagi xonalar to‘qqizta gumbazga ega. Devorlar yuzasidagi sirkor g‘ishtchalardan terilgan ornamentli bezaklar odatdagi shakllarni takrorlaydi. Kishida hovlining tuzilishi o‘zgacha taassurot qoldiradi. Hovlining bir qavatli hujralari qatori baland dekorativ peshtoqlar tashqi to‘siq devor va burchaklardagi chiroyli minoracha-guldastalar bilan birgalikda ajoyib manzara kasb etadi.
Madrasaning vaqfi (madrasa faoliyatini ta’minlaydigan daromad manbai) uchun xon 2941 tanob (2,5 tanob - 1 gektar) er ajratgan.
Madrasaning peshtoqiga arab tilida shunday yozuvlar bitilgan:
Ushbu muborak binoni zamon sultoni va dunyo hoqoni, Ollohning xalifasi va soyasi, g‘alabalar va shuhratlar egasi, engilmas qudrat sohibi, mamlakatlarni fath qiluvchi Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon bunyod qildirgan. sana 1289. (1872 y)
Mustaqilligimizning ilk yillarida, ya’ni 1994 yilda madrasa qayta ta’mirlanib, shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Muhammad Rahimxon II “Feruz”ning 150 yillik to‘yiga to‘yona qilib “Xiva xonligi tarixi muzeyi” ochilgan.
Muhammad Rahimxon II madrasasin