1906 yilda qurilgan Muhammad Rasul mirzaboshi madrasasi Sherg‘ozixon madrasasining g‘arbiy burchagida joylashgan. Madrasa bitta ayvon, atrofida to‘rtta xona va bitta qabrxonadan iborat. 1899-1910 yillardagi mirzaboshi Muhammad Rasul (xon devonxonasining mirzalari-kotiblarining boshlig‘i, adabiy taxallusi Mirzo) etuk shoir, mohir tarjimon, xushxat xattot, madrasalarda fors tili o‘qituvchisi va ajoyib bastakor edi.
O‘nga yaqin qitoblarni arab va fors tillaridan tarjima qilib, o‘zining she’rlar to‘plamini ham tuzgan Mirzoning birnecha she’rlari Xiva me’moriy obidalariga marmarga va koshin plitkalarga yozib o‘rnatilgan.
Muhammad Rasul Mirzo 1921 yilda 83 yoshida vafot qilgan.
Madrasada bugungi kunda so‘zana to‘qish ustaxonasi isho‘lab turibdi.
Muhammad Rasul mirzaboshi madrasasi