Muzey ma'rifat o'chog'i

       Kecha Urganch Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Amaliy San’at (Badiiy Kulolchilik) yo’nalishi 191-201 guruxi talabalari Ichan - Qal’a muzey-qo'riqxonasi Tosh xovli saroyida Xon Xarami bo’limining katta Ilmiy xodimi Avezova Faroxat tomonidan tashkil qilingan ,,Xiva ming gumbaz shaxri’’ mavzusidagi tadbirda faol qatnashdilar.

       Tadbirda muzey ilmiy xodimi Avezova Faroxat Xiva afsonalari va Xiva xonliklari davri tog’risida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Ayniqsa Xiva xonligida ma’rifat va ta’limga katta axamiyat berilib, Xorazmning gullab yashnashida o’zining iqtidori va mexnatini ayamagan, o’z davrining ma’rifatparvar insoni va davlat arbobi Islom Xo’ja faoliyatiga xam to’xtalib o’tdi.

       Tadbirda San’atshunoshlik fakulteti Professor o’qituvchilari tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedra mudiri Ibodullayeva Nigora Katta o’qituvchilar Karimov Xamid Atayeva Nargiza va Begnazarov Shamshir xam qatnashdilar. Tadbir juda qiziqarli o’tdi