Navoiyni eslab

2018 yil 2–fevral kuni Xiva «Ichan – Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari, Xalq ta’limi bo‘limi, Xiva pedagogika kolleji   hamkorligida Xiva «Ichan–Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining  577 yilligiga bag‘ishlangan  «she’riyat kechasi» bo‘lib o‘tdi. She’riyat kechasida «Alisher Navoiy ijodida tibbiyot», « Alisher Navoiy – shoirlarning sultoni» , «Alisher Navoiy – davlat arbobi» mavzularida va shoirning ilmiy meroslari haqida muzey ilmiy xodimlari Sh. Maylieva, N.Xudarganova, M.Saidovalar to‘xtalib o‘tishdi. O‘quvchilar ham faol ishtirok  etib, o‘zlari yod olgan Alisher  Navoiy she’rlaridan  namunalar aytishdi. Faol ishtirok qilgan o‘quvchilar Xiva «Ichan–Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Alisher Navoiy o‘zbek halqining ulug‘ shoiri va  jahon adabiyotining buyuk namoyondalaridan  biridir. A.Navoiy o‘zbek adabiy tiliga asos solgan va o‘zbek  klassik adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga  ko‘targan buyuk so‘z san’atkori, madaniyat va ilm fan homiysi bo‘lib etishgan. U 1441 yil 9-fevralda Xirot  shahrida tug‘ilgan.

A. Navoiy buyuk shoir va davlat arbobi bo‘lishi bilan birga ilm- fanning barcha sohalari rivojiga munosib hissa qo‘sha olgan donish mutafakkir  hamdir. Jumladan, u tibbiyot ilmi bilan ham  yaqindan tanishgan. Bu  ilm  sir-asrorlarini  xuddi  shu  kasb  egalari  kabi, chuqur  va dildan  o‘rganishga  intilgan. Buni  uning  mashhur  asarlaridan  biri  «Mahbub  ul-qulub» asari  orqali  bilish  va  his  qilish  mumkin. Bu  asarda  hayoti  davomida  to‘plagan  boy  tajribalarini  va  xulosalarini  yozib  qoldirgan. Asarning  mahsus  bir  fasli(15 fasl) tibbiyot  ilmi  bayoniga  bag‘ishlangan. A.Navoiy  unda  tabiblar  qanday  fazilatlarga  ega  bo‘lishini  batafsil  zikr  etib, aytadiki, «Tabib o‘z  fani, ya’ni  tabobat  sohasida  bilimdon  va  kasallarga  mehribon  bo‘lishi  kerak. So‘zlari  muloyim, o‘zida  sharmu  hayo  va  xushfe’llik  aks  etib  turmog‘i  kerak. Uning  har  bir  nafasi  bemorlarga  davo, har  qadami esa  xastalarga  shifodir. Tabib  agar  o‘z  kasbida  mohir  bo‘lsayu, ammo  o‘zi  badfe’l, beparvo  va  qo‘pol  so‘z  bo‘lsa, bemorni  har  qancha muolaja qilganda  ham  bari  bir  uning  mijozida  o‘zgarish  paydo  qila  olmaydi» deya  takidlaydi A. Navoiy  jon  kuyarlik  bilan  va buni  she’riy  satrlarda  shunday  ifodalaydi:

Shirin  so‘zli  mohir  tabib tan  xastalarga  shifodur,

Badfe’l, serjahl  va  savodsiz  tabib  al joniga  balodur.

A.Navoiy

 Oz gapirmoq-hikmatga  sabab, oz  emoq- sog‘likka  sabab,

 Izzat tilasang  kam  de, sihat  tilasang  kam  e,

 Ko‘p  demak  bila  bo‘lmag‘il  nodon, ko‘p  emak  birla  bo‘lmag‘il  hayvon, deya  har  lahzada  nafsdan  tiyilish  salomatlikni  asrashning  muhim  sharti  ekanligini  uqtiradi. A.Navoiy   kasalliklarni  davolashda  ishlatiladigan  ko‘plab  shifobaxsh  o‘simliklar, mevalar, giyohlardan  ham  xabardor  bo‘lgan. Jumladan, anor  haqida

«...  muning  na’fin  topibmen  voqean  men  ham»,  deya  buni  o‘zida  sinab  ko‘rganligini  ham  bayon  etadi.

Ko‘p  degan  ko‘p  engulur  va  ko‘p  egan  ko‘p  yiqilur.

Shoirlarning sultoni A.Navoiy ijodida ham inson

salomatligi,kamolotiga oid yo‘l-yo‘riqlar bisyor. A.Navoiyning  fikricha, tibbiy  xikmat  eng  yaxshi, foydali  fanlardan  bo‘lib, kishi  jismida  salomatlikni  saqlash  oliy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Qarilig‘  istar  esang, qarilarni  xurmat  tut,

Qariding  ersa  yigitlardin  istama  suhbat.

Qorning  bila  do‘st  bo‘lmasang  ahsandur,

Nechunki, er  o‘g‘lig‘a  qorin  dushmandur.

A.Navoiyning  tibbiyot  sohasi  xodimlarining  odobi, ma’sulyati  haqida  o‘gitlari  hozir  ham, bundan  keyin  ham  uning  insonlar  sog‘ligini  qayg‘iruvchi  ulug‘  zot, chinakam  xalqparvar  insonligidan  dalolat  beradi.

Xiva «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi «Tabobat bo‘limi»  mudiri: O‘.Sotimov.