17- dekabr kuni Ogahiy tavalludi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida davom etdi . Taniqli adabiyotshunos, ogahiyshunos olima Hilolaxon Nazirova tashabbusi bilan Ogahiy xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan xayr ehson tadbirida muzey-qo‘riqxona xodimlari, ziyolilar, nuroniylar vakillari , muzey shahar mehmonlari ishtirok etishdi. Tarixchi olim, muzey-qo‘riqxona ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganov, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Abdulla O‘rozboev va boshqalar Ogahiy bebaho ijodiy merosining ahamiyati, shuningdek bu merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda fidoyilik ko‘rsatgan ustozlar , shu ustozlar izdoshi Hilola Nazirovaning xizmatlarini alohida e’tirof etishdi .
Buyuk ajdodlarimiz, jumladan Munis va Ogahiy ruhiga bag‘ishlab duoi fotiha o‘qildi
Shu kuni Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti tomonidan respublika miqyosida masofaviy--onlayn tarzida Ogahiy tavalludi munosabati bilan " Ogahiy ijodiy merosi va uni o‘rganishdagi yangicha yondashuvlar" mavzuida ilmiy anjuman o‘tkazildi.
Unda taniqli tarixchi va adabiyotshunos olimlar , shuningdek , Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari ham ishtirok etishdi.
Ogahiy tavvaludining 215-yilligi