Ogahiy uy muzeyida tadbir!

‘‘Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‘‘gi PQ-261-sonli qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida 11 noyabr kuni ‘‘Ogahiy uy-muzeyi bo‘lim mudirasi Yusupova Go‘zaloy va Ogahiy ijod maktabi tarbiyachisi To‘qsanova Samiya, Yo‘ldoshov Jumanazarlar bilan birgalikda  ‘‘Ogahiy ulug‘ shoir‘‘, ‘‘Ogahiy asarlarida tarixiylik‘‘ mavzularida mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsida o‘quvchilarga  mirob, shoir, tarixnavis, hushxat xattot, mohir tarjimon, tug‘dor Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va ijodi to‘g‘risida,  tarixiy asarlarining yozilish tarixi to‘g‘risida, tarjima asarlari to‘g‘risida, miroblik faoliyati to‘g‘risida hamda yaqinda topilgan Sadiiy Sheroziyning ‘‘Guluston‘‘, Abdurahmon Jomiyning ‘‘Bahoriston‘‘ dasxatli tarjima asari va ularni yaratilish tarixi to‘g‘risida qiziqarli ma‘lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va Ogahiy qalamiga mansub g‘azallarini yoddan ifodali o‘qib berishdi.  Shu bilan birga o‘z ijod namunalaridan ham she‘rlar aytishdi.