"OPEN AIR FEST" "ТУНГИ ХИВА" "НОЧНАЯ ХИВА"

   

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”ning 2.1-bandida belgilangan xizmatlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilganini ma’lum qilamiz:

Joriy yilning  iyun oyidan boshlab har shanba va yakshanba “Ichan Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasida «Open Air Fest» ko‘ngilochar dasturi o‘tkazilmoqda.

Dastur doirasida sayyohlarni Xorazm vohasi madaniyati durdonalari bilan tanishtirish maqsadida dastur doirasida folklor jamoalarining chiqishlari, baxshi
va maqom sanʼati, Xorazm viloyati Davlat qo‘g‘irchoq teatri dasturlari, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasining madaniy konsert dasturi tashkil etildi.

Shu jumladan, mavjud surov va taklifardan kelib chiqib, rassom Shixnazar Xudarganovning “Moziydan sado” nomli shaxsiy miniatyura suratlar ko‘rgazmasi, “Lazgi” sanʼati targ‘ibotiga bag‘ishlangan chiqishlar yuqori saviyada amalga oshirildi.

.Jumladan milliy qo‘g‘irchoq ustasi Rustam Kuryazovning "Bo‘lajak xunarmand " nomli shaxsiy mahorat darslari doirasida xorijiy mehmonlarga  Xorazm milliy qo‘g‘irchoqlari tarixi, ularni yasalishi jarayonidagi muhim omillar ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbirga 300 nafardan ziyod talaba va o‘quvchi yoshlar, mahalliy hamda xorijiy sayyohlar tashrif buyurdilar. Tadbir so‘ngida tashrifchilar uchun tungi muzey bo‘ylab ajoyib sayoxat uyushtirildi.