XVII asr yodgorligi bo‘lgan bu masjid qurilgan vaqtda Xivaning darvozalari hali bittagina edi. Va shu darvozadan kirilgach, birinchi ko‘zga tashlanadigan bino bu Oq Xonim bikaning masjidi edi. Oq masjid deb nomi qisqartirib aytiladigan bu masjidning asosiy kirish eshigi shimoliy tomondan bo‘lib, eshikni tuzatgan usta unga o‘zining nomini yozib qoldirgan: Amali mulla Nur Muhammad valadi Odina Qalandar Xorazmiy. sana 1225 (1810). Masjid arxitekturasi jihatidan o‘ziga xos original qilib qurilgan. U baland joyga o‘rnashtirib, uch tomonidan oldi ochiq ayvonlar bilan o‘rab olingan. Ayvonlarining ustunlari masjidga ajoyib bir salobat berib turibdi. Oldidagi pastakkina oq minorasi o‘ziga juda yarashgan.
Masjidning nomiga aniqlik kiritish uchun birnecha hujjatlarni tahlil qilish asosida Tosh masjid nomi bilan ham ma’lum bo‘lgan bu Oq xonim bibi masjidiga vaqf qilingan hujjatlarning ko‘pchiligida ayollar ismining ko‘rsatilgani ham qiziqarlidir
Masjid bugungi kunda savdo uyiga aylanьirilib, do‘kon vazifasini bajarmoqda.
Oq masjid