Assalomu alaykum!
Siz eski shahar – Ichon-qal’aning Ota darvozasi oldida turibsiz.
Ota darvoza Ichon-qal’aning to‘rtta darvozasidan bittasi ya’ni g‘arbiy darvozasidir. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, bu darvoza Eltuzarxon tomonidan XIX asr boshida pishgan g‘ishtdan qurilgan ekan. Uning nomi darvoza oldidagi hovuz nomidan olingan bo‘lib, hovuz o‘z navbatida shu erdagi Shermuhammad ota masjidining qoshida bo‘lgani uchun Shermuhammad ota nomi bilan atalgan. Keyinchalik Shermuhammad ota nomi qisqartirilib, hovuz va darvoza Ota darvoza va Ota hovuz nomi bilan atala boshlangan.
Ota darvozaning ichki uzunligi 10 metr, eni 4 metr bo‘lib, o‘rta yo‘lak ikkita katta gumbaz bilan, yon atrofdagi to‘rtta xona kichik gumbazlar bilan bostirilgan. Xonlik davrida bu xonalarda qorovulxona, sarrofxona (pul ayirboshlash), bojxonalar bo‘lgan.
Afsuski, darvoza XX asrning 20–yillarida yo‘lni kengaytirish bahonasida buzib tashlangan. 1968 yilda Xiva shahri muzey – qo‘riqxona deb e’lon qilinishi hamda shaharga kelayotgan sayyohlar sonining ortib borishi bilan darvozani qayta tiklash zarurati paydo bo‘ldi. 1975 yilda darvoza o‘z o‘rnida va asl ko‘rinishida qayta tiklandi. Bunda albatta, qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlari ma’lumotlaridan keng foydalanildi.
Bugungi kunda Darvoza shaharning sayyohlik yo‘nalishi boshlanadigan asosiy kirish eshigi vazifasini bajaradi.
Ota darvoza