Ota Murod qushbegi masjidi

Xon qushbegisi (vaziri) Ota Murod qushbegi Muhammad Rizo qushbegi o‘g‘li tomonidan XIX asrning birinchi yarmida qurilgan.   Masjid xonaqoh, o‘ng va ters ayvon hamda 2 qo‘shimcha xonadan iborat. Binoga sharqiy tarafdagi peshtoq orqali kiriladi. Kiraverishda 3 gumbazli xona va kichik minora bor. Xonaning shimoli – sharqiy  burchagini miyonsaroy va 2 qo‘shimcha xona egallagan.   Masjid ayvoni 6 ustunli, markazidagi mehrob muqarnas naqshlar bilan bezatilgan.     Masjid Xorazm turar joylariga xos uslubda qurilgan. Ustunlari oddiy, poyustunlari marmardan, xonaqoh va ayvon devorlariga namoyonlar ishlangan.