“O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qarorining 1-2-3-ilovalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga har qanday shikast yetkazilishining oldini olgan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlarini o‘rnatish va ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi ma’lumotlarni joylashtirish belgilangan.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minblash maqsadida ‘Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi  hududida joylashgan Ko‘hna ark, Islom Xo‘ja madrasasi, “Zindon”, Muhammad Rahimxon madrasasi, Qozi kalon madrasasi, Qorixona, Sherg‘ozixon madrasasi, Yangi uslub maktabi, Juma masjidi, Matpanaboy madrasasi, Muhammad Amin Inoq madrasasi, Tosh hovli saroyi, Tosh hovli saroyi haram qismi, Qutlug‘ Murod Inoq madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Yoquboyxo‘ja madrasalarida homiylik yordamlari asosida yengil konstruksiya asosida yog‘ochdan panduslar o‘rnatildi.

Shuningdek Ko‘xna Ark saroyi, Muhammad Rahimxon madrasasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Sherg‘ozixon madrasasi va Juma masjidi madaniy meros obyektlariga ko‘zi ojizlar uchun ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi ma’lumotlarni joylashtirildi