Polvon poyaki maqbarasi

Pahlavon Mahmud maqbarasi bilan Jome masjidi orasida peshtoqi sharqqa qaragan  maqbara  xalq tili bilan Poyanda, Poyaki maqbarasi deb ataladi.   
Taxminlarga ko‘ra XIX asrning boshida qurilgan   Pahlavon poyaki (chilim beruvchi) masjidining   qoshida minorasi ham bo‘lib, ular sho‘rolar davrida buzib tashlangan. Masjid Polvon poyaki maqbarasiga sharqiy tomondan juda yaqin bo‘lib, Abdullaxon madrasasining janub tomoniga joylashgan edi. 
   XIX asr birinchi yarmida yozilgan bir hujjatda Husayin poyaki Abdulla o‘g‘li bu masjidga Olloqulixon tangasidan 100 tillai xorazmiy vaqf qilgani yozilgan. Hujjailardan yana shu narsa ham  aniqlandiki, bu imoratga ko‘pchilik ayollar homiylik qilishgan ekan.  
 Polvon poyaki nomidagi bu maqbaraning koshin plitkalarga yozilgan yozuvi bo‘lgan. Bu yozuvlar bugungi kungacha yo‘qolib ketgan. Lekin, ular arxivda saqlanib qolgan. Bu yozuvlardan  bu joyda Safojon ismli qorining dafn bo‘lgani   ma’lum bo‘ladi.