Qozi Kalon madrasasi - «Xorazm musiqasi tarixi» bo‘limi
Ko‘rgazma Kozi-Kalon (1905 yil) madrasasida tashkil qilingan. Ko‘rgazmada Xorazm musiqa san’atining qadimgi davrlardan hozirgi kunimizgacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘liga doir 352 buyum joylashgan. «Qozi-kalon» madrasasi 1905 yili Xiva xonining bosh qozisi – din, oila, meros va jinoiy ishlar masalalariga oid hukmlar chiqaruvchi davlat arbobi Muhammad Salim Oxund tomonidan qurilgan.
1993 yildan bu madrasada «Xorazm musiqa tarixi» muzeyi ish boshladi. Muzey ekspozitsiyasi eramizning birinchi asridan yigirma birinchi asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Ko‘rgazmadagi eng qiziqarli eksponatlar: tanbur nota chizig‘i kitobi, qayroq, qo‘shnay, bulomon, chanqobuz, mangal, ko‘za, ibriq, arfa. «Qozi Kalon» madrasasida Ustoz san’atkorlarni hayoti va ijodi, Xorazm xalq teatri, Xorazm xalq Qo‘g‘irchoq teatri, Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatib turgan ashula va raqs ansambllari hayoti va ijodi, Xorazm musiqa tarixi mustaqillik yillarida ekspozitsiyalarini badiiy bezash maqsadida xonalarga oynali shkaf vitrinalar o‘rnatmoqda. Bo‘limda reekspozitsiya ishlari olib borilayotganligi sababli ko‘rgazmada turgan eksponatlar vaqtinchalik muzey fondiga topshirildi. Kerakli eksponatlar muzey fondidan olinib muzey zallari badiiy bezalmoqda.
Jumladan:
1. Islomdan oldingi musiqa madaniyati.
2. Markaziy Osiyolik musiqa nazariyotchilari.
3. Xorazmshoxlar davrida musiqa madaniyatining rivojlanishi.
4. XIX – XX asrlarda Xorazm musiqa madaniyatining rivojlanishi.
5. Xorazm milliy musiqa asboblari ko‘rgazmalari badiiy bezaldi.
6. Tashrif buyurayotgan sayyoxlarga namunali muzey xizmati ko‘rsatish maqsadida «Doston xalq etnografik ansambli» jalb qilinib mahalliy va chet ellik sayyohlarga mavsumiy, bepul kontsert ko‘rsatilmoqda.
7. Muzeyimiz yangi texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Ular orqali kelayotgan sayyoxlarga qadimiy kuylar, qo‘shiqlar, filьm-kontsertlar ko‘rsatilib, eshittirilmoqda.
Bo‘lim ekspozitsiyasida jami 140 eksponat bo‘lib shulardan 81 tasi asosiy fondga, 59 tasi yordamchi fondga taaluqli. Kelajakda «Xorazm musiqa tarixi» doimiy ko‘rgazmasini yanada ko‘proq eksponatlar bilan boyitish rejalashtirilgan. Yoshlarni o‘z vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini, voyaga etmagan yoshlarni va ularning ota onalarini ko‘proq «Xorazm musiqa tarixi» ko‘rgazmasiga jalb qilish ishlari doimo amalga oshirilmokda. Buning uchun tashkilotlarda, universitet, kollej, litsey, maktab o‘quvchilariga ochiq dars va ma’ruzalar o‘qilmoqda. Mexnat faxriylari, ustoz san’atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmokda, ilmiy ishlar yozilmoqda.

Qozi-kalon madrasasining qurilish sanasi 1905y.
Ko‘rgazmaning umumiy maydoni 180kv.m.