Hozirgi vaqtda Sayyid ota nomi bilan ataladigan bu masjid aslida Yor Muhammad devon tomonidan XIX asr boshida, Muhammad Rahimxon I davrida (1806-1825) qurilgan. Bir gumbazli oldi ayvonli bu masjid Sayyid Alouddin maqbarasining janubida, Abdurasulboyning madrasasiga yopishtirib qurilgan. Munis va Ogahiyning asarida bu devonbegining faoliyati haqida ko‘p ma’lumotlar keltirilib, jumladan shunday deyiladi “xonning o‘z sir-asrorlariga sherik qiladigan eng yaqin kishisidir”.
Masjidning mehrobi ustida saqlanib qolgan yozuvlardan va xalq orasidagi rivoyatlardan Yor Muhammad devonbegining payg‘ambar avlodidan bo‘lgan ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Masjid bugungi kunda ta’mirdan chiqqan.
Sayyid ota masjidi