Shayx Muxtor Vali masjidi

Masjid XIII asrda yashagan buyuk faylasuf Shayx Muxtor Vali nomiga qurilgan. Bu masjid XX asr birinchi yarmida, sho‘rolar davrida buzib tashlangan edi. Yana shu davr, ya’ni sho‘rolar davrida, aniqrog‘i 1988  yilda qayta tiklangan. Bino  Sayyid Alouddin maqbarasi oldida, shaharning markaziy ko‘chasida qurilganligi Shayx Muxtor Valiga xivaliklar katta hurmat bilan qarashganidan dalolat beradi. Buzib tashlangan bu masjidning qayta tiklanishida uning saqlanib foto – suratlaridan keng foydalanildi.
Shuningdek, bu masjidning ichida namoz o‘qigan xivalik  qariyalar, mahalliy aholidan surishtirish, arxiv hujjatlari asosida  imorat tarhi chizildi.
Shayxning o‘zining dafn bo‘lgan joyi, maqbarasi Xivadan 20 chaqirim janubi-sharqiy tomonda, Ostona qishlog‘ida joylashgan.  
Masjidda bugungi kunda  “Bir gumbaz” oshxonasi xizmat qilmoqda.