SHONLI YO‘L IFODASI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi bayramiga barcha soha mehnatkashlari qatori « Ichon – Qal’a» davlat mo‘zey- qo‘riqhonasi xodimlari ham munosib taraddud qo‘rishdi. Eng avvalo mahalliy va xorijiy sayohlarini o‘lkamiz tarixi bilan tanishtirish barobarida istiqlol yillarida turli sohalarda, shu jumladan, moddiy va nomoddiy merosimizni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga etkzish borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlardan ham xabardor qilish maqsadida turli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoka.

           Darhaqiqat, mustaqillik yillari o‘tmish o‘rganish, o‘zligimizni anglash, tarixiy me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, muqaddas ziyoratgohlarni obod eishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda qadimiy va navqiron shahrimiz, shuningdek, viloyatimiz xududida joylashgan yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash borasidagi keng ko‘lamli ishlar bunga misol. «Ichon-Qal’a» davlat muzey qo‘riqhonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26yilligiga bag‘ishlab, yaqinda ta’mirlangan Muhammad Amin inoq madrasasida «Mustaqil O‘zbekiston: ozod va obod Vatan!» ekspozitsiyasi ochildi.Ekspozitsiyada yurtimizda chorak asrdan ziyod vaqt ichida barcha sohalarda erishilgan yutuqlar turli eksponatlar, foto suratlar ao‘yoviy dalillar orqali keng yoritib berilgan.

            Shuningdek bu erga tashrif buyurganlar istiqlol solnomasini – tarixiy voqealar, hamyurtlarimizning ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishgan muvaffaqiyatlarini, milliy-madaniy markazlar faoliyatini suratlar va hujjatlar orqali yaqindan tanishish imkoniyatiga ega.

             Bu erda turli hunarmandchilik buyumlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kitoblar ham o‘rin olgan.

             Muzeylar – ma’naviyat va ma’rifat maskani. Xodimlarimiz ziyolilar bilan hamkorlikda bu erda mahallalar aholisi vakillari, yoshlar ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar, ochiq darslar o‘tkazishmoqda.

            Ekspozitsiyaga tashrif buyurgan mehmonlar shonli o‘tmishimizbilan birga mamlakatimizning buguni hamda porloq ertasi haqida yorqin tasavvurlarga ega bo‘lishadi.

             Z.Bekchanova, D.Karimova  «Ichon-qal’a» muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari.