O‘zbekistonning xorijiy davlatlar, jumladan Ozarbayjon Respublikasi bilan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda , shuningdek madaniy yo‘nalishlardagi do‘stona aloqalari , hamkorliklari tobora rivojlanib bormoqda. Buni turizm, san’at, adabiyot sohasida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari Xiva shahrida “Shusha kunlari” festivali bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, xuddi Xiva kabi Ozarbayjonning Shusha shahri tarixiy manzillardan biri sanaladi.
Xivada, Ichan-Qal’adagi Ko‘hna Ark saroyi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tgan festivalda eldoshlarimiz, xorijiy va mahalliy sayyohlar ishtirok etishdi. Festival doirasida tashkil etilgan fotosuratlar ko‘rgazmasi , ozarbayjon milliy liboslar namoyishi va konsert dasturi barchaning e’tibori va olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Festival har ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga , shuningdek, turizm taraqqiyotiga xizmat qilishi shubhasiz.
“ SHUSHA KUNLARI” FESTIVALI