TARIXIY SHAHARDA O'QUV AMALIY MASHG'ULOTI

 Samarqand shahridagi  “Silk Road  Travel Academy” gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi  tashabbusi bilan Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklar va madaniy meros ob’ektlariga tashrif buyurgan holda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
       Ishtirokchilar, shuningdek , ular safidagi turagentlar, turoperatorlar va turistik firmalar rahbarlari  mas’ul xodimlari  uchun  Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasidagi bo‘limlar, hududdagi tarixiy obidalar bo‘ylab bepul ekskursiya xizmati ko‘rsatildi hamda o‘zaro tajribalar  almashildi.