To‘g‘on Turk ota maqbarasi mashhur Toshhovli saroyining shimolida aholi yashab turgan mahalla ichida joylashgan bir gumbazli imoratdir. Bino qadimgi bo‘lgani sababli er sathidan bir metrcha pastda joylashgan.
Ushbu shaxs to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar juda kam saqlangan. Xonlik davrining tarixchisi Muhammad Yusuf Bayoniyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra uning qabri Ark saroyining ichida.
Yana bir o‘lkashunos tarixchining ma’lumotiga ko‘ra bu kishi aslida Turkiston turklaridan bo‘lib, Abu Muslim Xurosoniyning askarlari sardorlaridan bo‘lgan. Jangda Abu Muslim o‘ldirilgandan keyin u Xorazmga qochib kelib, bu erda o‘lgan. Xorazmliklar uning qabrini muqaddaslashtirib, maqbara qurganlar.
To‘g‘on Turk ota maqbarasi