Ichon Qal’adagi eng kichik minoralardan biri bo‘lmish ushbu minora, 1888-yilda Muhammad Raximxon II ning ukasi To‘ra Murod to‘ra tomonidan masjid, tahoratxona va mahalla maktabi bilan birgalikda qurilgan. Afsuski, faqatgina minora saqlanib qolgan. Endilikda nom nishoni qolmagan shu nomdagi mahalla masjidi qoshida saqlanib qolgan minora Ko‘hna Arkka kiraverishdagi maydonni qurshab olgan turarjoy binolarning o‘rtasida qad ko‘targan, Ko‘hna Arkning shimoli-sharqiy burchagida.
O‘lchamlari: balandligi 9-metr, diametri - 3,2 metr.
Rivoyat qilishlaricha, qurilish ishlari avjiga chiqqan bir paytda xon shikorga otlangan. Me’morlarning tarxi bo‘yicha minora baland qilib qurilishi kerak bo‘lgan, lekin xonning dushmanlari xonga, “ukangiz minorani baland qilib sizning haramingizni ko‘rib o‘tirmoqchi”, deb etkazishgan. Shu vaqtda xon saroyidagi To‘ra Murod to‘raga yaqin bo‘lgan odamlar bu gapni to‘raga etkazishgan. To‘ra o‘z me’morlari bilan maslahatlashib, minorani baland ko‘tarmaganlar.
Xon shikordan qaytsa, ukasining minorasi juda ham baland qilib qurilmagan ekan. Xon noto‘g‘ri ma’lumot bergan odamni jazolatgan. Shu tufayli bu minora egasi va uning quruvchilari xon g‘azabiga duchor bo‘lmaganlar.
To‘ra Murod minorasi