To‘rt shabboz bobo majmuasi Xiva shahrining shimoliy g‘arbiy qismida Deshon qal’aning Mevaston mahallasida joylashgan Majmua tarkibida bitta hovuz, minora, masjid va madrasa hamda go‘rxona va bir talay qabrlar mavjud. Majmua o‘z davrida To‘rt shohboz bobo maqbarasi deb nomlangan. Quyida biz ularning nomlarini keltiramiz.
Qutbil avliyo - Xasanquli Azizon.
Qozi Muhammad Azizon.
Jon Muhammad Azizon.
Isfandiyorxon ibn Arab Muhammadxon.
Shularning ichidan biz sizga Isfandiyorxon ibn Arab Muhammadxon to‘g‘risida ma’lumot beramiz:- “Arab Muhammadxonning etti o‘g‘li bor edi:- Isfandiyorxon, Habash Sulton, Elbars Sulton, Abulg‘ozixon, Sharif Muhammad Sulton, Xorazmshoh Sulton, Avg‘on Sulton. Habash bilan Elbars Sultonning onasi Nayman qabila boshlig‘ini qizi edi. Ular Xivada ulg‘aydilar, Avg‘on Sultonning onasi Abulxayrxon avlodidan edi. Isfandiyorxon va Abulg‘ozixon bir onadan tug‘ilgan edilar. Bu davrda Xiva xonligida shavqatsiz qabilalararo urishlar avj olgan edi, bunga nafaqat xon oilasi balki xonlik aholisining keng qatlami jalb qilingan bo‘lib, o‘zbek va turkmanlar o‘rtasidagi urish Abulg‘ozixon davrigacha davom qildi. Arabxonning o‘g‘illari bu urishda bevosita ishtirok etdilar. Uning 4 o‘g‘li, Isfandiyor va Abulg‘ozi bir tomonda, Habash va Elbars ikkinchi tomonda turib ochiq kurashga o‘tdilar. Bu kurashning sababi Habash sulton bilan Elbars Sulton otasining tutgan yo‘liga qarshi chiqib Eron va Buxoroga bosqinchilik urishlari olib borgani edi. Chunki Arabxon bu davlatlar bilan tinchlik munosabatlari olib borishga harakat qilardi Habash va Elbars Nayman, Uyg‘ur kabi qudratli ikki qabilaning boshliqlari qo‘llashi bilan otasi va og‘a-inilariga qarshi ochiq kurashga o‘tdilar. Birinchi marta ular otasiga qarshi chiqqanlarida 1616 yilda Habash Sulton 16 yoshda, Elbars Sulton 14 yoshda edilar. Arabxon bu o‘g‘illariga Vazir shahrini berdi va bir oz tinchtitdi, 5 yilgacha ular otasiga qarshi chiqmadilar.
6-yili Elbars Arabxonning yo‘qligidan foydalanib Xivaga kirdi va otasining o‘ttiz yil maboynida to‘plagan xazinasini va Arabxonga xizmat qiluvchi beklarning mollarini talab qarorgohiga qaytdi. Arab Muhammadxon Hazoraspga o‘tirgan o‘g‘li Isfandiyorxon, Urganchdan Abulg‘ozi va Sharif Muhammad birgalashib Elbars ustiga yurdilar, Elbars qochib ketdi. Abulg‘ozi otasiga Habash va Elbarslarni o‘ldirishni taklif qildi. Lekin otasi bunga ko‘nmadi. Isfandiyorxonning navkarlaridan biri buni bilib qoladi va Habashga aytadi. Shunday keyin Habash Abulg‘ozining ashaddiy dushmaniga aylanadi. Arabxon Xivaga, Isfandiyorxon Hazoraspga qaytgach, Xabash Elbarsni tezlikda Vazirga etib kel deb chaqirtiradi. Abulg‘ozi sir ochilgandan voqif bo‘lib otasining yoniga boradi. Arabxon unga Katni in’om etadi. Oradan 5 oy o‘tgach Arabxon Abulg‘ozinining maslahatiga quloq solmaganiga pushaymon bo‘lib, Isfandiyor va Abulg‘ozixonlarning navkarlari bilan Xivaga kelishlarini buyurdi. Sharif Muhammad onasi bilan Urganchda yashar edi, bu voqeadan oldin kelib otasi yonida turgan edi. Arab Muhammadxon, Isfandiyor va Abulg‘ozi bir tomonda Elbars va Habash bir tomonda turib Toshli Yormish soqasi yonida urish bo‘lgan. Arab Muhammadxon engildi va Elbars bilan Habashni qo‘liga asir tushdi. Habash Sulton otasining ko‘zini o‘ydirib Xivaga yubortirdi.
To‘rt shabboz bobo majmuasi