Tosh-Hovli saroyindan yangiliklar.

"Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezidantimizning №PQ-261-sonli qaror 19-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 7-sentyabr kuni Xiva shahar №1-sonli maktab o'quvchilarini muzeyga taklif qilinib, tashrif buyurgan o‘quvchilarga "Xorazm hunarmandchilik tarixi" bo‘limi mudiri X.Matyaqubov tamonidan Tosh-xovli saroy tarixi va unda joylashgan ekspozissiyalar, eksponatlar tarixi to‘g‘risida ma'lumotlar berib ochiq dars o'tkazdi.