Usta Ozod Xujaniyozov ijodiy kechasi

2017 yil 27-noyabrda Xiva shaxar  Yangi – Obod shaxarchasi Nurli hayot ko‘chasida joylashgan 12-son Musiqa va san’at maktabida Ichan-Qal’a muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari Aminov Komiljon, Ro‘zmetov Farxod, Bekchanova Zaynab, Karimova Dinaralar tamonidan sozgar Ozod Xo‘janiyozov bilan ijodiy kecha tashkil qilindi.

        Qadim – qadimdan musiqa chalish, kuylar ijod etish, ashula aytish, g‘azal bitish xalq tarixi bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanib kelgan.

        Duradgor, o‘ymakor usta kabi yog‘ochga ishlov berib undan musiqiy san’at asboblarini yarata bilgan kishilarga “sozgar”  deyiladi. Ular o‘zlari yasagan musiqa asboblarini chalib, kuy ham yaratganlar. Ustoz san’atkor Komiljon Otaniyozov shogirdlariga “Kuy bir muqaddas kuchki, u o‘z-o‘zidan yaralmaydi, inson ezilganda, shodlanganda, yolg‘iz qolganda mavj urgan ummondan, tog‘u-toshlarga urilib mayin esgan shamoldan ,cho‘ldagi sarobdan va inson qalbiningtub-tubidan otilib chiqadi” debuqtirar ekan. Aynan musiqa asboblarini yaratuvchi sozgarlar qalbidagi sokinlik yo‘qolganda misli vulqon kabi otilib, qalb qo‘ri va qadoq qo‘llar mahsuli bo‘lmish yangi musiqa aboblari yaratiladi. Shunday moxir sozgarlardan biri Ozod Xo‘janiyozovdir. Tadbir boshida K.Aminov sozgar O.Xo‘janiyozov hayoti-ijodi haqida kecha qatnashchilariga tanishtirdi. Kecha davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va usta tamonidan olib kelingan musiqa asboblarini tamosha qilishdi. Tadbir oxirida Z.Bekchanova O‘zbekiston Respublikasi konstituttsiyasi qabul qilinganligining 25yilligi munosabati bilan “Fuqarolarningburchlari” mavzusida ma’ruza qildi.Bu ma’ruza ham qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

               Maktab direktori Matchonov Bahodir Masharipovich bunday tadbirlar o‘quvchilar uchun vatanga muhabbat, katta avlod vakillariga xurmat-extirom, Vatanimizning buyuk kelajagiga komil ishonch tuyg‘ularini tarbiyalashini qayd qilib o‘tdi.