Xavfsiz turizmni ta’minlash- turizm soxasi istiqboli.
Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turistlar xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlashda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda.
“Vaziyatlar markazi”ga viloyatdagi turizm namoyishi ob’ektlari va infratuzilmasi hududlaridagi hamda aholi gavjum bo‘ladigan hududlardagi 600 dan ortiq kuzatuv kameralar integratsiya qilingan va 2025 yilning 1-yarim yilligida shaxsning yuzini va transport vositalarining davlat raqamini aniqlovchi 1000 dan ortiq intellektual kuzatuv kameralarini integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Kuzatuv kameralari hududni tunu-kun kuzatish imkonini berishi bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh qilish hamda qidiruvdagi shaxslarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi.